Superligada mavsum nihoyasiga yetdi. Quyida kelasi yil Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumida ishtirok etish uchun qaysi jamoalarda imkoniyat mavjud degan savolga o‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegram sahifasida javob berib o‘tdi.
2022 yilgi mavsumda ham OFKning O‘zbekiston uchun Osiyo Chempionlar ligasiga “1+1” ko‘rinishidagi kvotasi saqlanib qoladi. Demak, bu vaziyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga mavsum chempioni – “Paxtakor” ega bo‘ladi, O‘zbekiston kubogi g‘olibi esa o‘tish o‘yini orqali OCHL guruh bosqichiga chiqishga harakat qiladi.
“So‘g‘diyona” Superligada mavsumni 2-o‘rinda yakunlaganini va “Nasaf” O‘zbekiston kubogida o‘ynashini hisobga olsak, “ajdarlar”ning kubokdagi g‘alabasi ularni OCHL o‘tish o‘yiniga olib chiqadi. Agar voqealar rivoji shunday yakun topsa va Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘tish o‘yinida ham muvaffaqiyat qozonib, guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, “So‘g‘diyona” yangi mavsumda OFK kubogida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar kubok finalida “Nasaf” mag‘lub bo‘lsa, u holda OCHL o‘tish o‘yinida “So‘g‘diyona” ishtirok etadi. Jizzax klubi guruh bosqichiga muvaffaqiyatli o‘ta olsa, chempionatda 3-o‘rinni egallagan AGMK OFK kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda