Isroil Madrimovning jangi Toshkentda o‘tkazilishi tasdiqlandi

Isroil Madrimovning jangi Toshkentda o‘tkazilishi tasdiqlandi
Foto: Matchroom
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasi (-69,8 kg) harakat qiladigan Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini Toshkentda o‘tkazadi.

17 dekabr kuni o‘tkaziladigan jangda Madrimov fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1, 24 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Madrimov—Soro jang g‘olibi WBA Super kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi. WBA Super kamari ayni damda Jermell Charloga (34-1-1, 18 KO) tegishli hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur boks oqshomida Isroil Madrimovdan tashqari, o‘zbekistonlik bokschilardan Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘stmatovning ham raqibi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, G‘iyosov Kristian Rafael Koria (29-8-2, 13 KO) bilan jang qilsa, Hasanboy Hose Rivasga (18-12-4, 10 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Bundan tashqari, bu boks oqshomida Elnur Abduraimov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Dilshodbek Ro‘zmetovlar ham qatnashadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Meliqo‘ziyevga rossiyalik bokschi Sergei Ekimov raqiblik qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar