Dunyoga mashhur futbol portali Transfermarkt.de O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra "Nasaf" to‘purari Husayin Norchayevning narxi eng ko‘p ko‘tarilgan - 250 000 yevro va uning hozirgi narxi 700 000 yevroga yetgan. "Lokomotiv" vakili Azizbek Amonovning transfer narxi esa 200 000 yevroga o‘sgan va 550 000 yevroga yetdi.
"Mash’al" hujumchisi Godvin Okvara Chikaning narxi 175 000ga ko‘tarilgan. Sherzod Nasrullayev va Diyor Xolmatovning narxlariga yana 150 000 yevro qo‘shilgan.
Transfer narxi eng ko‘p pasayganlar orasida "Paxtakor" himoyachisi Yegor Krimes va "Andijon" legioneri Vladislav Vasilev birinchi o‘rinda. Ularning transfer narxi 150 000 yevroga kamaydi va endi 500 000 yevroga teng. Dostonbek Hamdamov, Igor Golban, Boyan Matich, Sinisha Babich, Ixtiyor Toshpo‘latov, Vladimir Kozakning narxlari 100 000ga kamaydi.
Yangilanishdan keyin Odil Hamrobekov Superligamizning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. Ularning hozirgi transfer narxi 1 000 000 yevroga teng.
Dostonbek Hamdamov 900 000 yevro bilan keyingi o‘rinda turibdi. Nurillo To‘xtasinov, Sardor Sobirxo‘jayev va Hojiakbar Alijonov portal tomonidan 800 000 yevroga baholangan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"