
Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi ilk bor Qozog‘istonni mag‘lub etdi. Nur-sultonda tashkil etilgan o‘rtoqqlik bahsida vakillarimiz hisobda ortda borayotgandi, yakunda 4:6 hisobida zafar quchishdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘FA matbuot xizmati rahbari va taniqli sharhloqvchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida futzalchilarimiz haqida fikr bildirdi.
- Qozog‘iston - O‘zbekiston 4:6. Dastlabki bo‘limda terma jamoamiz 0:3 yutqazayotgandi. Doimgidek iroda va kurash, natijada kambek. Gollardan birini darvozabon Ravshan Eliboyev urganini e’tirof etish kerak.
Eslatib o‘taman, Qozog‘iston jahon chempionatida kuchli to‘rtlikka kirgandi. Qo‘shnilarimiz bilan qarama-qarshilikda birinchi g‘alaba. Tabriklayman, ajoyib jamoa, - dedi Davron Fayziyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar