Italiya chempionatining 18-turiga kelib, Joze Mourino nihoyat o‘ziga istagan “Roma”ni ko‘rdi. Poytaxtlik “bo‘rilar” Bergamoda “Atalanta” mehmoni bo‘lib, kuchli raqibga qaqshatqich zarba berdi.
To‘g‘risi, uchrashuvdan oldin aksariyat mutaxassislar va ashaddiy muxlislar ham uchinchi o‘rinda borayotgan “Atalanta”ning g‘alabasini taxmin qilgan. Qolaversa, Joze Mourino shogirdlari mavsumda ko‘p ochko yo‘qotayotgani, beqaror o‘yin namoyish qilib, hatto o‘rtamiyona va autsayder jamoalarni yengolmagani ham bergamoliklarning ustunligini ko‘rsatib turgandi.
“Roma” qarshi bellashuv oldidan Jan Pero Gasperini shogirdlari o‘nta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, “Empoli”, “Sampdoriya”, “Kalyari”, “Svetsiya, “Yuventus”, “Venetsiya”, “Napoli”, “Verona”ni yengib, “Udineze” va “Latsio” bilan ochko bo‘lishgan xolos.
Uchrashuv “Roma” uchun muvaffaqiyatli boshlanib, Temmi Abraxam ilk urinishda hisobni ochdi. Bo‘lim o‘rtalariga kerib, Nikolo Dzanolo mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
“Atalanta” bosh murabbiyi taktikani o‘zgartirish maqsadida 34-daqiqada zaxiradan Luis Murielni o‘yinga tushirdi va bu o‘z samarasini berdi.
Bo‘lim yakunlanishi arafasida kolumbiyalik hujumchining zarbasi Brayan Kristantega tegib, “Roma” darvozasidan joy oldi. Bergamoliklar ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Duvan Sapata hisobni tenglashtirdi. Biroq VAR mutaxassislari qoida buzilgani uchun golni bekor qildi.
Buyog‘iga Mourino shogirdlarini to‘xtatib bo‘lmadi. Shomurodov 70-daqiqada Nikolo Dzanoloning o‘rniga o‘yinga qo‘shildi. O‘zbek hujumchisining qadami qutlug‘ keldi. Ikki daqiqadan so‘ng Kris Smolling mezbonlarni “sindirgan” golni urdi.
To‘rtinchi golda asosiy ishni Shomurodov bajardi. U jamoadoshidan to‘pni qabul qilib olib, bir urunishda ikki himoyachi o‘rtasidan Jordan Veretuga aniq yetkazdi. Fransiyalik futbolchi tepgan to‘p himoyachilarga tegib, Abraxamga tushdi. Rimliklarning eng qimmatbaho o‘yinchisi qulay vaziyatni qo‘ldan boy bermadi – 4:1.
Uchrashuvdan so‘ng, Joze Mourino xursandligini yashirmadi.
- Ishtiyoq zo‘r edi. O‘yinchilar “Atalanta”ga qarshi uchrashuvni 90 daqiqa nazorat qila olmasligimizni va chuqur himoyalanishga to‘g‘ri kelishini bilishardi. Jamoamiz barcha parametrlar bo‘yicha zo‘r o‘ynadi. Hakam zo‘r ishladi. “Atalanta”ning shiddatli o‘yin namoyish qilishini inobatga olib, yuqori malakali hakam ishlashi talab etilardi.
Men doim “Roma” 19 oydan beri kuchli beshlikdagi jamoalarni yenga olmayotgani haqida eshitayotgan edim. Endi bu muddat yigirma daqiqani tashkil qilyapti, deyishingiz mumkin.
Men “Inter” haqida gapirmayman, chunki bu Italiyadagi qolgan jamoalardan bir bosh ustun bo‘lgan klub. “Atalanta”, “Milan” va “Napoli” kabi jamoalarga qarshi shiddatli va taktikaga tayangan o‘yinning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun jamoaning har bir harakati ideal darajada ish berishi kerak. Bugun “Roma”ning har bir futbolchisi kuchli xarakter ko‘rsatdi.
O‘yindan oldin yigitlarga hazillashib, bugun Bergamoda zilzilani yuzaga keltirishimiz kerakligini aytgandim, - dedi Joze Mourino.
Kutilmaganda, mavsumda birinchi marta yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan bergamoliklar bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini hakamlarni tanqid qildi.
- 2:2 bo‘lib turgan hisobni bekor qilish aqlsiz qaror bo‘ldi. Hakam bizga Xose Palomino o‘yindan tashqari holatda bo‘la turib, to‘pga o‘ynaganini aytdi. Videoda u to‘pga tegmagani ko‘rinib turibdi.
Hakamlarga buni tushuntirib qo‘yinglar! Bu vaziyatni qanday qilib, boshqacha talqin qilish mumkin? Bu futbolga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi, - dedi Jan Pero Gasperini.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Roma” ochkolari sonini 31 taga yetkazib, musobaqa jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Atalanta” esa 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi.
“Roma” 2021 yildagi so‘nggi uchrashuvini 22 dekabr kuni o‘z maydonida “Sampdoriya”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"