00:36 / 30.12.2021
1 987

Madrimov va Soro jangi natijasini bekor qilish uchun rasman harakat boshlandi

Madrimov va Soro jangi natijasini bekor qilish uchun rasman harakat boshlandi
Xabaringiz bor, 17 dekabr kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasidagi jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangi natijasi ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgan edi.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 21 dekabr kuni yurist Devid Berlin Soroning kompaniyasi "Y12 Management" rahbari Yohan Zaoui bilan birga WBA tashkilotiga rasmiy murojaat xati yo‘lladi. Xatda Isroil Madrimov va Mishel Soro jangi natijasi bekor qilinib, tashkilot tomonidan revansh jangini buyurish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsning 9-raundi yakuniga yetishiga bir necha soniya qolganda Madrimov Soroga bir nechta zarbalar yo‘lladi hamda gong chalingandan so‘ng ham davom etdi. Referi esa gong ovozini eshitmagan va keyinchalik jangning davom etishi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Madrimov va Soro jangi natijasini bekor qilish uchun rasman harakat boshlandi