“Milan” muxlislari “Roma”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoga hushtakbozlik qildi. Bunga portugaliyalik mutaxassis uchrashuvdan so‘ng o‘z munosabatini bildirdi.
- Uch yil muqaddam menga “Milan”ni boshqarishni taklif etishgandi. Men uch kun o‘ylab, rad javobini berdim va bundan baxtiyorman. Bugungi munosabatga qarab, o‘shanda to‘g‘ri qaror qabul qilganimga yana bir karra amin bo‘ldim, - dedi Joze Mourino.
Portugaliyalik mutaxassis o‘z davrida Milanning ikkinchi klubi - "Inter"ni muvaffaqiyatli boshqargan. Shu bois, ushbu shaharning "Milan"ga tarafkashlik qiladigan muxlislari uni xush ko‘rmaydi.
Mourino “Roma”ni 2021 yilning iyulidan beri shug‘ullantirmoqda. Uning qo‘l ostida poytaxt klubi jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 16 ta g‘alaba, uchta durang va 9 ta mag‘lubiyat qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi