
Bugun Italiya chempionati 21-turidan "Roma" - "Yuventus" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
"Lagazzettadellosport" nashri Joze Mourino turinliklar bilan bellashuvda tarkibda o‘zgarish qilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis hujumda Temmi Abraxam va Genrix Mxitaryan tandemini maydonga tushirishi taxmin qilingan.
Avvallari oldingi chiziqda Abraxam va Dzanolo juftligi harakat qilayotgandi. Bu gal murabbiy hujumchilardan birini almashtirishga qaror qilgan. Ammo Mourinoda ikkinchi taymda zaxiradan o‘yinga qo‘shilayotgan sof hujumchi Eldor Shomurodov ham bor.
Italiya ChempionatiRoma YuventusJoze MourinoTemmi AbraxamGenrix MxitaryanEldor Shomurodov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar