23:26 / 13.01.2022
1 236

Osiyo Chempionlar Ligasi 2023 yildan «kuz-bahor» tizimiga o‘tadi

Osiyo Chempionlar Ligasi 2023 yildan «kuz-bahor» tizimiga o‘tadi
Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar Ligasi mavsumining «kuz-bahor» tizimiga o‘tganini rasman e’lon qildi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev xabar berdi.

Foto: Telegram / @ANikimbaev
Qayd etilishicha, yangi tizimga o‘tish keyingi yilda sodir bo‘ladi. Joriy mavsum esa o‘tish davri vazifasini bajarib beradi — 2022 yilning mart oyida boshlanib, 2023 yilning fevralida tugaydi.

Shuningdek, Chempionlar Ligasining G‘arbiy mintaqasi guruh bosqichi o‘yinlari vaqti ham o‘zgargan. Bahslar avval may oyiga rejalashtirilgan bo‘lsa, endi 7—27 aprel kunlari markazlashgan holda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi. Pley-off o‘yinlari esa 2023 yil fevral oyida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi bahslarda O‘zbekiston nomidan ikki klub musobaqada qatnashadi. Mamlakat chempioni «Paxtakor» to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichiga yo‘l olgan bo‘lsa, «Nasaf» pley-off o‘yinida BAAning «Baniyas» klubiga qarshi saf tortadi. Agar Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Superligada 2-o‘rinni egallagan «So‘g‘diyona» OFK Kubogi guruh bosqichida o‘ynaydi.

Guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Chempionlar Ligasi 2023 yildan «kuz-bahor» tizimiga o‘tadi