“Roma“ bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibni tozalash g‘oyasida qat’iy turibdi. Rim klubi yozda ijaraga berilgan o‘yinchilardan bir nechtasini sotib yubordi va ular poytaxtga qaytmaydigan bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis talabi bilan yanvarda ham bir necha futbolchi klubni tark etishga majbur.
Avvalroq, Gonsalo Vilyar va Borxa Mayoral Ispaniya chempionati vakili “Xetafe”ga, Rikkardo Kalafori A Seriyaning boshqa klubi – “Jenoa”ga, Brayan Reynolds “Anderlext”ga ketgani haqida xabar berilgan edi.
Endi Joze Mourino tayanch yarim himoyachisi Amadu Diavaraning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi.
Ayni paytda Gvineya terma jamoasi safida Afrika Millatlari kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun “qora qit’a”ga ketgan o‘yinchi kelishi bilan yangi klubga o‘tadi. Mourino bu o‘yinchiga kelajakda ham o‘yin amaliyoti berilmasligini ta’kidlamoqda.
24 yoshli gvineyalik yarim himoyachiga Ispaniya chempionatida jo‘yali taklif bor. “Valensiya” uni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
“Roma” bilan 2024 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan futbolchi joriy mavsumda sakkiz marotaba maydonga tushib, bitta golli pas muallifi bo‘ldi. Tabiiyki, bu ko‘rsatkichlar katta marralarni ko‘zlayotgan Mourinoni umuman qoniqtirmaydi.
Transfermarkt portali Amadu Diavarani 10 million yevroga baholamoqa.
“Roma” badavlat klub taklifini rad etdi
Tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga urinayotgan “Nyukasl” mutasaddilari Kris Smolling transferini so‘rab, “Roma”ga rasmiy taklif yuborgan edi.
Angliyaliklar 32 yoshli markaziy himoyachini o‘z yurtiga qaytarish uchun 12 million yevro miqdorida kompensatsya to‘lashga ham roziligini bildirgan. Biroq, “Roma” kadrlar muammosini inobatga olib, himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Smollingni qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi va “Nyukasl” taklifini rad etdi.
Kris Smolling joriy mavsumda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z vazifasini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan. Angliyalik o‘yinchi yulduzli davrlarini “Manchester Yunayted”da o‘tkazganini yaxshi bilasiz.
Dzanolo yangi “jang”ga tayyor
“Roma” pleymeykeri Nikolo Dzanolo avvalgi turda kichik shikastlanish tufayli “Yuventus”gat qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
Manbalarning ma’lumot berishicha, 22 yoshli futbolchi sog‘lig‘ini to‘liq tiklagan va yakshanba kuni “Kalyari”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga umumiy guruh mashg‘ulotlarida tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shu o‘rinda, Rim klubida maydon markazida raqobat sezilarli darajada kuchaydi. Sport direktori Tyagu Pinto qishki transferlar vaqtida “Arsenal”dan Eynsli Meytlend-Nayls va “Portu”dan Serjiu Oliveyrani olib kelishni uddaladi.
Nikolo Dzanolo joriy mavsumda A Seriya va Konferensiyalar ligasi doirasida jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchtadan gol va assist yozdirib qo‘ydi.
Uzoq kutilgan futbolchi safga qaytmoqda
Yozda Yevropa chempionatida og‘ir jarohat olgan Leonardo Spinatssola navbatdagi tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Ana shu ko‘rikda shifokorlar 28 yoshli o‘yinchi qachon maydonga chiqishi mumkinligini aniq aytadi.
Hozir futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Shifokorlar ruxsat berishi bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tiklanish jarayoni rejadagidek ketmoqda va biror kutilmagan holat yuzaga kelmasa, Spinatssola 6 fevral kuni “Jenoa”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi