
"Jenoa" bosh direktori Yoxannes Shpors ukrainalik mutaxassis Andrey Shevchenkoning bosh murabbiylikdan chetlatilishi sabablarini aytib o‘tdi.
"Shevchenko bilan ko‘p gaplashdik, muloqotda muammo bo‘lmadi. Afsuski, "Jenoa" o‘yinida hech qanday yaxshilanish kuzatilmadi va natijalar ham bo‘lmadi. Nihoyat "Fiorentina" bilan o‘ynash uchun kuchimiz yetmasligini angladik. Shuning uchun biz tezda qaror qabul qildik, har holda hechdan ko‘ra kech yaxshi. Biz Andrey bilan halol va ochiq munosabatlarda edik”, - dedi Shpors.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 yanvar kuni “Jenoa” Andriy Shevchenko bosh murabbiylikdan ketganini rasman elon qildi. U 2021 yilning noyabridan Genuya klubida ishlab kelayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar