07:56 / 23.01.2022
1 018

Srechko Katanes koronavirusdan sog‘ayib, Dubayga yetib keldi

Srechko Katanes koronavirusdan sog‘ayib, Dubayga yetib keldi
Foto: O‘FA matbuot xizmati
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes bosh murabbiyi Srechko Katanes koronavirusdan sog‘ayib, Dubay shahriga yetib keldi, deb yozmoqda O‘FA matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, sloveniyalik mutaxassis 22 yanvar kuni karantin o‘tab bo‘lib, terma jamoa yig‘iniga qo‘shilgan. 12 yanvar kuni Katanetsning virusga chalingani va terma jamoa yig‘iniga kela olmayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, darvozabon Umidjon Ergashev qayta topshirilgan manfiy testdan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishgan.

Navbatdagi PZR-testlar topshirgan delegatsiya a’zolaridan faqat Odiljon Hamrobekovda musbat natija chiqqan. Hamrobekov karantinga olingan va unda kasallik simptomlari kuzatilmayapti.

Avvalroq terma jamoaning BAA yig‘ini doirasida 23 yanvar kuni BAAning «Al-Vahda»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, yig‘in doirasida 1 fevral kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2021 yilning sentyabr oyida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Malayziya (5:1) ustidan g‘alaba qozonib, Iordaniyaga qarshi o‘yinda (0:3) yengildi. Noyabr oyida esa Gruziyaga kichik hisobda (0:1) mag‘lub bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes koronavirusdan sog‘ayib, Dubayga yetib keldi