
O‘zbekiston va Janubiy Sudan terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davomida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan. Xususan, 27 yanvar kuni jamoamiz Janubiy Sudan terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida ishtirok etadi.
Avvaldan ushbu sanada Bahrayn terma jamoasi bilan o‘ynash borasida muzokaralar olib borilayotgandi. Biroq Bahrayndagi epidemiologik vaziyat sababli ushbu jamoa BAAdagi yig‘inini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Natijada 27 yanvar kuni Dubayda yig‘inda bo‘lib turgan Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazish borasida o‘zaro kelishuvga erishildi.
O‘yin 18:00 da start oladi va O‘FA rasmiy "YouTube" kanali orqali translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonJanubiy SudanO‘rtoqlik UchrashuviMilliy Terma JamoaQishki Yig‘inDubay Uchrashuvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar