17:55 / 26.01.2022
1 288

Murabbiylar shtabida o‘zgarish yoxud "Nasaf" lageridan daraklar

Murabbiylar shtabida o‘zgarish yoxud "Nasaf" lageridan daraklar
O‘zingizga ma’lum, barcha jamoalarda yangi mavsum oldidan keldi-ketdilar bo‘ladi. Bu ham futbolning bir qismi sanaladi. “Nasaf” safida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan Andriya Kaluderovich va Doniyor Narzullayev jamoamizni tark etishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari murabbiylar shtabida ham o‘zgarish bo‘ldi. Jamoa darvozabonlari murabbiyi Denis Ivankov ham jamoa bilan xayrlashdi.

Shuningdek, Shohmalik Komilov, Jasur Jumayev va Jo‘rabek Mannonov Samarqandning “Dinamo” jamoasiga “Nasaf” futbol klubi uchun moliyaviy foydali shartlar asosida, Abubakr-Rizo Turdialiyev esa “Olimpik” jamaosiga bir mavsumga ijaraga berildi.

Jamoamiz muxlislaridan yuqoridagi holatlardan tushkunlikka tushmasliklarini so‘rab qolamiz. Yodingizda bo‘lsa, “Nasaf” futbol klubi rahbariyati 2021 yilgi mavsum o‘rtasida jamoaning asosiy o‘n to‘rt nafar yetakchi futbolchilari bilan shartnomalarni uzoq muddatga cho‘zgan edi. 2021 yil mavsum oxirida yana bir yetakchimiz, Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi finalida g‘alaba golini kiritgan G‘olib G‘aybullayev ham jamoa bilan shartnomani uch yil muddatga uzaytirdi.

“Nasaf” futbol klubi tomonidan ijaraga berilgan, yuqorida keltirilgan futbolchilarning ham klub bilan uzoq muddatli shartnomalari bor. 2022 yilgi futbol mavsumi yakunlanganidan so‘ng futbolchilar jamoamizga kelib qo‘shilishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murabbiylar shtabida o‘zgarish yoxud "Nasaf" lageridan daraklar