23:07 / 28.01.2022
1 050

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Fransiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Fransiyaga imkoniyatni boy berdi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xorvatiyaning Novigrad shahrida Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga chiqdi. Mazkur bahsda tajribali raqiblar 4:2 hisobida vakillarimizdan ustun keldi.

Raqiblar safida N'Gala Landri dubl qayd etdi. Shuningdek, Mamadu Ture va Muhammad Abdusamat ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Termamiz tarkibida Anasxon Rahmatov va Dilshod Rahmatov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

O‘zbekiston - Fransiya 2:4
Gollar
: A.Rahmatov 23, D.Rahmatov 40 - M.Ture 7, L.N'Gala 10, 38, M.Abdusamad 34
O‘zbekiston (Birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhomjon Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.
Zaxira: Ravshan Eliboyev, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Davlat Ibragimov, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Abdulla Solihov, Sunatulla Jo‘rayev.
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov
Fransiya: 16.Lokoka Fransis, 2.Sid Belhaj, 7.Ronni Zakei, 11.N'Gala Landri, 20.Muhudin Suhayl.
Zaxira: 1.Luis Makkvet, 5.Assen Yunus, 8.Saadui Ayub, 10.Muhammad Abdusamad, 12.Kerrumi Ma’ruf, 13.Ture Mamadu, 14.Ture Mamadu (kichik), 15.Menendez Nikolas, 17.Bendau Stiv, 18.De Sa Andrade Mikael.
Bosh murabbiy: Rafael Reynaud

Ogohlantirish: I.Ropiyev 29

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futzal terma jamoasi Fransiyaga imkoniyatni boy berdi