00:13 / 01.02.2022
1 187

16 ta gol urilgan o‘rtoqlik o‘yinda O‘zbekiston futzal terma jamoasi Fransiyaga yutqazib qo‘ydi

16 ta gol urilgan o‘rtoqlik o‘yinda O‘zbekiston futzal terma jamoasi Fransiyaga yutqazib qo‘ydi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31 yanvar, dushanba kuni Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Fransiyaning 9:7 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda umumiy hisobda 16 ta gol kiritildi. O‘zbekiston terma jamoasi safida Husniddin Nishonov dublga erishdi, Davron Choriyev esa pokerni rasmiylashtirdi. Yana bir gol Anasxon Rahmatov hisobiga yozildi.

Bu O‘zbekiston futzal terma jamoasi uchun Xorvatiya yig‘inidagi Fransiyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi. Dastlabki bahs ham fransuzlarning g‘alabasi bilan yakunlangandi — 2:4. 30 yanvar kuni terma jamoa Chernogoriyani 8:1 hisobida yengdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston — Fransiya 7:9
Gollar
: Mamadu Ture 7’, Muhudun Suhel 7’, 35’, Zakehi Runni 14’, 21’, Muhammad Abdusamad 15’, Anasxon Rahmatov 15’, Husniddin Nishonov 16’, 17’, Menendez Nikolas 26’, Markuyt Luis 29’, Davron Choriyev 28’, 33’, 39’, 40’, Ngala Landri 37’.

O‘zbekiston: Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev, Ravshan Eliboyev, Mashrab Odilov, Akbar Usmonov, Anasxon Rahmatov, Davlat Ibragimov, Abdulla Solihov, Dilshod Rahmatov, Sunnatilla Jo‘rayev, Elbek To‘lqinov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 16 ta gol urilgan o‘rtoqlik o‘yinda O‘zbekiston futzal terma jamoasi Fransiyaga yutqazib qo‘ydi