Professional bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatini yakunlaganini e’lon qilib, qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana o‘zining eski promouterlik kompaniyasi "Salita Promotions" bilan yangilangan shartnomaga imzo chekkani haqida xabar bergan edik. Ergashev qaytishi sababini Boxingscene.com saytiga ma’lum qildi.
"Men o‘zimni juda ilhomlangan his qilmoqdaman va ringdagi raqobatda ustunlik qilishga tayyorman. Salita bilan kelishuvim ikkala tomon uchun ham foydali va samarali bo‘ldi va men faoliyatimni davom ettirishdan xursandman. Amerikalik muxlislarni sog‘indim va yana bir bor ringda ajoyib nokautlar va hayajonli janglar bilan kuch va mahoratimni namoyish etishga tayyorman”, - dedi Ergashev.
U bilan qayta shartnoma imzolagan Dmitriy Salita Ergashevning kelajagi haqida juda xursand ekanligini aytdi.
"Men boks sportidagi kuchli pancherlardan biri bo‘lgan ajoyib salohiyatli bokschidan mamnunman. Biz Shohjahon Ergashevni xalqaro boks yulduziga aylantirish yo‘lida birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutamiz”, - dedi Salita Promotions rahbari Dmitriy Salita.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Salita promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmagan janglarda ishtirok etgani uchun kompaniya tomonidan sudga berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, sud nihoyasiga yetdi va tomonlar kelishuviga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar