
Qatar Yulduzlar Ligasi 18-turidan o‘rin olgan "Al-Sayliya" va "Ar-Rayyan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Mezbonlar safida harakat qilayotgan legionerimiz Doston Hamdamov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Bahsning 70-daqiqasida Hamdamovning uzatmasidan so‘ng Strandberg hisobni ochdi. Hamyurtimiz 80-daqiqada zaxiraga olindi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Boliya oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
"Ar-Rayyan" safida to‘p tepayotgan kolumbiyalik yulduz Xames Rodriges ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, ushbu durangdan so‘ng "Al-Sayliya" o‘z ochkolarini 8taga yetkazib oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar