
PFL bugun Superliga yangi mavsumining sanalarini e’lon qildi. Uchrashuvlar shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelmayotgani uchun tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida javob berdi.
- O‘yinlarning shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelmayotgani kuchli beshlik bilan bog‘liq. May so‘ngiga qadar "Sport-TV" va "UzReport" kuchli beshlik uchrashuvlarini translyatsiya qiladi. Aynan o‘sha vaqtda biz Superliga uchrashuvlarini o‘tkazsak, TV dasturlar, muxlislar e’tibori, reklama beruvchilar kabi masalalarda yutqazib qo‘yamiz.
Uchrashuvlar begim kunlari o‘tayotgan bo‘lsa-da, o‘yinlar ish vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi. Biz shunday bosqichga yetib keldikki, endi projektori yo‘q stadionlarda Superliga uchrashuvlari o‘tkazilmaydi. Shundan kelib chiqib, o‘yinlarni 18:00dan erta boshlash niyatida emasmiz.
Biz faqatgina xalqaro taqvim majbur qilgan holatdagina, shuningdek, iyun, iyul, avgust oylaridagina uchrashuvlarni shanba-yakshanba kunlariga belgilashga harakat qilamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar