Qatar Amiri kubogi. Hamdamov gol urgan bahsda ”Al-Sayliya” keyingi bosqichga yo‘l oldi

Qatar Amiri kubogi. Hamdamov gol urgan bahsda ”Al-Sayliya” keyingi bosqichga yo‘l oldi
Qatar Amiri kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan ”Al Arabi” - ”Al-Sayliya” uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mehmonlar ishonchli 2:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yindagi ikki gol Uolter Bualya (32-daqiqa) va Dostonbek Hamdamov (63-daqiqa) nomiga qayd etildi.

Mazkur natijadan so‘ng ”Al-Sayliya” 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. ”Al Arabi” klubi esa musobaqa bilan xayrlashdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar