
Shu yilning 1-19 iyun kunlari O‘zbekiston U23 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Mazkur nufuzli turnirning rasmiy qur’a tashlash marosimi ham aynan mamlakatimizda o‘tkaziladi. Qur’a tashlash jarayoni bugun, 17 fevral kuni soat 12:00 da «Bunyodkor» stadionida boshlanadi. Marosimda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi.
Musobaqa mezboni O‘zbekiston U23 terma jamoasi 1-savatchaga joylashadi. Shuningdek, ushbu savatchadan Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya ham o‘rin olgan.
Qur’a savatchalari:
1-savatcha
O‘zbekiston
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni
Avstraliya
2-savatcha
Iordaniya
Tailand
BAA
Eron
3-savatcha
Iroq
Qatar
Vetnam
Yaponiya
4-savatcha
Tojikiston
Malayziya
Kuvayt
Turkmaniston.
O‘zbekiston U23Osiyo KubogiQur’a TashlashBunyodkor StadionMusobaqa MezboniTerma Jamoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar