Osiyo kubogi-2023. O‘zbekiston MTJ saralash o‘yinlarini o‘z maydonida qabul qiladi

Osiyo kubogi-2023. O‘zbekiston MTJ saralash o‘yinlarini o‘z maydonida qabul qiladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2023-yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadi. Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur saralash bahslarini o‘z maydonlarida qabul qiladigan mamlakatlar nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan uchrashuvlar yurtimizda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur o‘yinlar 8, 11 va 14-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, saralash bosqichga 24-fevral kuni qur’a tashlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirg‘iz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar