09:44 / 19.02.2022
1 508

Abraxam o‘rniga boshqa hujumchi olamiz!

Abraxam o‘rniga boshqa hujumchi olamiz!
“Chelsi” hujumchisi Temmi Abraxamning “Roma”ga transferi amalga oshmasligi ham mumkin edi. O‘tgan yili yozda “Arsenal” angliyalik hujumchi uchun jiddiy kurashgan edi.

“Aristokratlar” premer-ligadagi raqibini kuchaytirib yubormaslik uchungina Temmini “kanonirlar” safiga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymadi va uni boshqa chempionat – A Seriyaga Joze Mourino qo‘l ostiga jo‘natib yubordi.

Bugungi kunda Temmi Abraxam kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urayotgan angliyalik hujumchi sifatida rekordlarni ura boshladi.

“Arsenal” esa hamon to‘purar hujumchi qidirmoqda. Mikel Arteta o‘ziga armon bo‘lib qolgan Temmi Abraxam o‘rniga “Chelsi”ning boshqa tarbiyalanuvchisi – Armando Broyani transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Albaniyalik hujumchi joriy mavsumda ijara asosida “Sautgempton” sharafini munosib himoya qilmoqda. Uning o‘yinidan mamnun bo‘layotgan “avliyolar” yozda “Chelsi”dan Broyani sotib olmoqchi. Futbolchining oilasi “aristokratlar” rahbariyatiga murojaat qilib, yosh hujumchini “Sautgempton” o‘tishiga qarshilik qilmasligini so‘ragan.

Shunga qaramay, iste’dodli to‘purar uchun “Arsenal” ham oxirigacha kurashmoqchi. Garchi Tomas Tuxel Broyani keyingi mavsumda birinchi jamoaga jalb qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, “to‘pchilar” yaxshigina mablag‘ evaziga “Chelsi”ni bu transferga ko‘ndirishiga ishonmoqda.

20 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bitta golli pas oshirdi. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

Mourino “Manchester Yunayted” o‘yinchisini kutyapti

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Yunayted” himoyachisi Erik Bayini Italiya chempionatiga olib kelmoqchi. Bu haqda Il Romanista nashri xabar tarqatdi.

Portugaliyalik mutaxassis o‘z vaqtida “Manchester Yunayted”ni boshqargan va bu o‘yinchining nimalarga qodirligini yaxshi biladi.

27 yoshli himoyachi manchesterliklar safida 2016 yildan beri o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u tarkibga kirishga qiynalib qoldi va shu bois jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Klub ham maosh tejash maqsadida uni qo‘yib yuboradi.

Erik Bayi joriy mavsumda atigi to‘rt marta maydonga tushib, jami 217 daqiqa o‘ynadi xolos. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi.

Transfermarkt portali Bayining narxini 8 million yevroga baholamoqda. Bu summa rimliklarga og‘irlik qilmaydi.

Mourino: Chempionlar ligasini sog‘inganim yo‘q!

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino shogirdlarining kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatiga baho berdi.
- Men Chempionlar ligasini sog‘inganim yo‘q. Bu turnirda 150 dan ortiq uchrashuv o‘tkazganman. Hozir Konferensiyalar ligasida ishtirok etyapmiz. Nolishga hojat yo‘q.

Qolaversa, bu hafta Chempionlar ligasida birorta zo‘r uchrashuv bo‘lgani yo‘q. PSJ va “Real” o‘yini ham yoqmadi.

“Verona”ga qarshi og‘ir uchrashuv bor. Bizda turli sabablarga ko‘ra to‘qqiz futbolchi jamoaga yordam bera olmaydi. Bu juda katta yo‘qotish, lekin jamoada ularning o‘rnini bosadiganlar bor. Maydonga tushadigan futbolchilar ishtiyoqini namoyon qilishi kerak bo‘ladi
, - dedi Joze Mourino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abraxam o‘rniga boshqa hujumchi olamiz!