
Azamat Nuftillayev
Bugun, 19 fevral kuni Toshkentda U1 hamda «Oktagon» promousheni hamkorligida MMA kechasi tashkil etiladi. Ushbu oqshomda bir qator o‘zbekistonlik mashhur MMA vakillari jang qiladi.
Avvalroq, ushbu oqshomda og‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan «Ajdar» nomi bilan mashhur vakilimiz Azamat Nuftillayev rossiyalik Arsen Abakarov bilan bahs yuritishi haqida xabar berilgan edi.
«Oktagon» tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Arsen Abakarov jarohat olgan. Uning o‘rnini ukrainalik Yuriy Protsenko egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Protsenko o‘z vaqtida Murod Xonto‘rayevni mag‘lubiyatga uchratgan. Azamat Nuftillayev hozirga kelib, 11 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Abakarovning rekordi esa, 5-3 ko‘rinish olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar