Mourinoning bu ishi hammasidan oshib tushdi

Mourinoning bu ishi hammasidan oshib tushdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya doirasida "Verona"ga qarshi o‘yinda zaxira o‘rindig‘idan chetlatildi.

Portugaliyalik mutaxassis uchrashuv davomida hakamlarning qarorlaridan bir necha bor noroziligini bildirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda Luka Payretto Jozega telefon qo‘ng‘irog‘i ishorasidan so‘ng qizil kartochka ko‘rsatdi.
Mourinoning bu ishi hammasidan oshib tushdi
Qayd etish lozim, Mourino maydonni tark etish paytida "Verona" bosh murabbiyi Igor Tudor bilan quchoqlashib xayrlashdi.

Eslatib o‘tamiz, "bo‘rilar" ustozi mavsum avvalida Italiya chempionatida hakamlarning ishini tanqid qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar