
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola orzusidagi hujumchi Harri Keynni transfer qila olmaganini gapirib berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” Angliyaning bugungi kundagi eng zo‘r hujumchisini so‘rab, “Tottenxem”ga to‘rt marotaba murojaat qilgan. Transfer uchun o‘ta katta mablag‘lar taklif etilganiga qaramay, “Tottenxem” prezidenti Deniyel Levi hujumchini qo‘yib yuborishni istamadi.
- Keyn transferi bo‘yicha ancha ishladik. Lekin “Tottenxem” bu borada bizga qarshilik qildi, - dedi Xosep Gvardiola.
“Tottenxem” bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma tuzgan Harri Keyn faoliyati sovrinsiz davom etayotganidan norozi bo‘lmoqda. To‘purarning o‘zi ham sovrinlar uchun kurashadigan qudratli jamoaga o‘tmoqchi.
Xosep GvardiolaManchester SitiHarri KeynTottenxemTransfer MurojaatiHujumchi Sovrinlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar