19:14 / 27.02.2022
857

Slavche Voyneski: "Mavsum yakunida ham sovrinlarni qo‘lga kiritgan holda matbuot anjumaniga kirishni istayman"

Slavche Voyneski: "Mavsum yakunida ham sovrinlarni qo‘lga kiritgan holda matbuot anjumaniga kirishni istayman"
O‘zbekiston Superkubogi-2022 doirasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski qatnashdi.
Unga o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Dragan Cheran hamrohlik qildi.

"Uchrashuv juda qiyin bo‘ldi. Juda shakllangan jamoaga qarshi o‘ynadik. Birinchi navbatda jamoa a’zolariga rahmat aytaman. Ular maydonda bor mahoratlarini ishga solishga harakat qilishdi. "Nasaf"ga qarshi o‘ynash oson bo‘lmadi, birinchi bo‘limda raqib futbolchilariga imkon bergan holda o‘ynadik. Ikkinchi taymda esa to‘p nazoratini o‘z tomonimizga og‘dirgan holda g‘alabaga erishdik. Superkubokni qo‘lga kiritdik va bundan buyon xotirjam bo‘lishimiz kerak emas. Mavsum yakunida ham sovrinni qo‘lga kiritgan holda matbuot anjumanida qatnashishni istayman", - dedi Slavche Voyneski.

"Juda prinsipial o‘yin bo‘ldi. Kubok finalidagi mag‘lubiyat uchun revansh olishimiz kerak edi. Mavsumni yaxshi boshladik. Hozir ko‘zimizni ochamiz va uch kundan keyin Samarqandda yana bir qiyin o‘yin kutib turibdi. Yana bir bor chempionlikni qo‘lga kiritmoqchimiz", - dedi Dragan Cheran.

- Suyunovning holati qanday?
- U tizza qismidan jarohat oldi. 24 soat ichida uning holati haqida to‘liq ma’lumot olamiz. Eldorning aytishicha bu joyidan oldin ham jarohat olgan ekan.

- Cheran baribir hujumchi ortida o‘ynaydigan o‘yinchi. Mavsum davomida u hujumda o‘ynaydimi? Yoki Mirjahon Mirahmadovga ham imkon beriladimi?
- Mavsum uzoq davom etadi. Shu bois barcha futbolchilarga imkon beramiz, shu jumladan Mirahmadovga ham. Sof hujumchi sifatida o‘ynash yoki hujumchi ortida o‘ynash esa futbolchining o‘ziga bog‘liq.

- Murabbiy sifatida oldin ham sovrin yutganmisiz?
- Turkiyada ham sovrin yutganman, ammo Superkubokni ilk bor yutdim.

- "Paxtakor"dagi ilk matbuot anjumanida siz 100 foiz hujumkor o‘ynaymiz degandingiz. Bugun "Paxtakor" qanchalik hujumkor o‘ynadi deb o‘ylaysiz?
- Birinchi galda hujumkor o‘yin degan narsaga oydinlik kiritib olishimiz kerak bo‘ladi. Bu 90 daqiqa davomida hujumda o‘ynash emas, kerak paytda hujumga o‘tish va o‘sha hujumdan natija chiqarish degani.

- Uch yildan buyon Superligada to‘purar bo‘layapsiz. Bu yil nechta gol urishni maqsad qilgansiz?
Dragan Cheran: - Aniq bir raqamni ayta olmayman, futbol jamoaviy o‘yin. Shu bois qancha gol ursam ham jamoamga foyda keltirsam bo‘lgani. "Paxtakor" - ikkinchi uyim. Boshqa jamoaga o‘tish haqida umuman o‘ylamaganman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Slavche Voyneski: "Mavsum yakunida ham sovrinlarni qo‘lga kiritgan holda matbuot anjumaniga kirishni istayman"