date
views 1 248

Bu yil Superligada qaysi jamoa chempion boʻladi? Ligani kimlar tark etadi? - Diyor Imomxoʻjaev

Bu yil Superligada qaysi jamoa chempion boʻladi? Ligani kimlar tark etadi? - Diyor Imomxoʻjaev
2 mart sanasidan Superliga-2022 start oladi. Yangi mavsumga klublar tayyorgarlik koʻrdi va kerakli transferlarni amalga oshirdi.
PFL bosh direktori Diyor Imomxoʻjaev telegramdagi sahifasida mavsum oldi fikrlarini bayon etdi.

- Chempionat startiga 2 kun qoldi. Bu yil kuchli toʻrtlik uchun ham kurash boʻladi. Chunki toʻrtinchi jamoada ham xalqaro maydonda oʻynash imkoniyati boʻlishi mumkin. Biz Angliya chempionatidagi 4-oʻrin uchun kurashlarni qiziqib kuzatamiz. Bu yil oʻzimizda ham shuning kichik bir koʻrinishi bor.

Bu yil kim chempion boʻlishini tahmin qilish qiyin. Hamma kuchaydi, hamma yaxshi tayyorgarlik koʻrdi, hammada kuchli ishtiyoq bor.

Bu yil ligani kimlar tark etishini ham aytish oʻta mushkul. Yaqqol autsayderning oʻzi yoʻq. Vaholanki, kamida 2 ta klub bilan xayrlashishimiz kerak.

Biz asli shunday yurishni istamaganmidik? Misqollab boʻlsa-da, oʻsayotganimiz rost boʻlsin
, - dedi Diyor Imomxoʻjaev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu yil Superligada qaysi jamoa chempion boʻladi? Ligani kimlar tark etadi? - Diyor Imomxoʻjaev