11:14 / 02.03.2022
1 465

Srechko Katanets: "Iltimos qilaman..."

Сречко Катанец: "Илтимос қиламан..."
OʻFAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ham qatnashdi. Sloveniyalik mutaxassis dastlab quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi.

"Jamoalarga past baho berish, yaxshi yoki yomonga ajratishni yomon koʻraman. Men oʻz vaqtida futbolchi boʻlganman. Hozir murabbiyman. Saralash oʻyinlarida kuchsiz terma jamoalar bilan durang oʻynaganman. Masalan Farer orollariga qarshi oʻyinda 2:2 natijasi qayd etilgan. Albatta biz yaxshimiz. Lekin raqiblarni hurmat qilishimiz kerak. Iltimos qilaman OAV bunda ehtiyot boʻlishi kerak. Ularda motivatsiya yoʻqolib qoladi. Futbolda oʻyin 0:0 hisobidan boshlanadi. Koʻproq kontsentratsiyaga amal qilishimiz zarur. Kuchli jamoalar bilan bellashuvlarda ortiqcha motivatsiya kerak boʻlmaydi. Men oʻz ishimni, futbolchilar oʻz ishlarini qiladi. Lekin bunday oʻyinlarda boʻshashish yomon oqibatlarga olib keladi", - deydi Katanets.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport