date
views 1 038

Qatar chempionatida ilk golini urgan Doston Hamdamov oʻyindan keyin nima dedi?

Qatar chempionatida ilk golini urgan Doston Hamdamov oʻyindan keyin nima dedi?
Kecha Qatar Yulduzlar ligasining 21-turida hamyurtimiz Doston Hamdamov toʻp suratyogan “Al-Sayliya” klubi oʻz maydonida “Al-Ahli”ni qabul qildi.

Mazkur oʻyinda legionerimiz - Hamdamov Qatar chempionatidagi dastlabki gol muallifi boʻlganidan xabardorsiz. Jangovar uchrashuv esa 2:2 hisobida yakunlangandi. Doston Hamdamov mazkur uchrashuvdan keyingi oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Biz oʻyinni yaxshi va koʻtarinki ruhda boshladik. Chunki jamoamizga hozir har bir uchrashuvda ochko suv va havodek juda zarur. Urgan golimga kelsak, har bir futbolchi jamoasi uchun yordam berishga harakat qiladi. Men oʻz jamoamga gʻalabalar olib kelsam, bundan juda xursand boʻlaman”, - dedi Hamdamov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar chempionatida ilk golini urgan Doston Hamdamov oʻyindan keyin nima dedi?