23:33 / 03.03.2022
1 231

Debyutini muvaffaqiyatsiz boshlagan Predrag Rogan "Dinamo"ning mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lganini aytdi

Debyutini muvaffaqiyatsiz boshlagan Predrag Rogan "Dinamo"ning mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lganini aytdi
Superliga 1-turi doirasidagi “Dinamo” – “Paxtakor” (0:2) uchrashuvidan keyin mezbon jamoa bosh murabbiyi Predrag Rogan o‘yin borasidagi savollarga javob qaytardi.

- Eng avvalo, “Paxtakor” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bu raqib kuchli va tajribali o‘yinchilarga ega ekanligini ko‘rsatdi. “Paxtakor” o‘z imkoniyatlarini kutdi va bundan foydalandi. Biz esa birinchi bo‘limning o‘zida yaqqol ikkita golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Shokir Yo‘ldoshev dastlab zarba berishda biroz adashdi, keyin esa Yovanovichning zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Biz gol ura olmagach, raqib o‘z imkoniyatlarini golga aylantirdi.

Bugungi natija va o‘yinni unutib, ertaga yangi kunda yana mashg‘ulotlarga kirishamiz. Biz yangi jamoamiz va har bir mashg‘ulot biz uchun juda muhim. Ertadan kelasi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun stadionni to‘ldirib o‘tirgan samarqandlik muxlislarga rahmat deb qolaman. Ulardan uzr so‘rayman. Biz o‘z imkoniyatlarimizni golga aylantirib, ularni xursand qilishimiz mumkin edi. Ular bizni yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi.

- Shohmalik Komilovning tarkibda va o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmagani nima bilan bog‘liq?
- Afsuski, u kecha “Paxtakor”ga qarshi so‘nggi mashg‘ulotimizda jarohat oldi. Shu bois u bizga yordam bera olmadi. Uning qachon qaytishi haqida ham aniq gap ayta olmayman.

- Umuman olganda, jamoaning o‘yinidan qanchalik qoniqdingiz?
- Yigitlar harakati va ishtiyoqidan qoniqdim deya olaman. Chempionat endi boshlandi, jamoaning o‘yini ham turdan turga yaxshilanib boradi.

"Dinamo" matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Debyutini muvaffaqiyatsiz boshlagan Predrag Rogan "Dinamo"ning mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lganini aytdi