Foto: Twitter
Rossiya sport vazirligida mamlakat sport federatsiyalari vakillari bilan tezkor uchrashuv tashkil etildi, deb yozmoqda «Sport-Ekspress» nashri.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda sohaga e’tibor qaratish, taqvim rejasini belgilash, shuningdek, xalqaro turnirlarni o‘tkazish maqomi va shaklini o‘zgartirish chora-tadbirlari muhokama qilingan.
Mavjud vaziyatni muhokama qilish chog‘ida Rossiya sport tadbirlarining asosiy qismi MDH (Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston), shuningdek, BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) mamlakatlariga yo‘naltirilishiga qaror qilindi.
Rossiya ot sporti federatsiyasi rasmiy saytida ushbu davlatlar bilan birgalikda sport ligalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, futbol musobaqalarining tashkil etilishi ham aytilmoqda.
Rossiya futbol ittifoqi faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov MDH va BRIKS mamlakatlari bilan hamkorlikda yangi futbol musobaqasi tashkil etish yaxshi g‘oya ekani, biroq uni amalga oshirish oson bo‘lmasligini ma’lum qildi.
«Bu yaxshi, birlashtiruvchi va ilhomlantiradigan g‘oya. Unga qarshi hech narsa demoqchi emasman. Bu g‘oya yaxshi yoki yomonligini faqat amaliyot ko‘rsatadi. Biroq sport nuqtai nazaridan bunga shubham bor.
UYEFA va FIFA bu musobaqaga qarshilik qilishi mumkin. Hozircha RFS va Belarus FF a’zolikdan chiqarilmagan. Biz u yerdagi qoidalarga bo‘ysunamiz. Bu kabi birlashmalar yaratish uchun FIFA va UYEFA ruxsatini olish talab etiladi. Shunchaki boshlab yuborib bo‘lmaydi. Aks holda bizni a’zolikdan chiqarib yuborishlari mumkin», — deydi Koloskov.
Qayd etish kerak, ayni paytga kelib, dunyoning aksariyat xalqaro sport federatsiyalari Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya va Belarus sportchilarini musobaqalardan chetlatgan. Avvalroq FIFA Rossiya terma jamoasini JCH—2022 o‘tish o‘yinlaridan, UYEFA esa rus klublarini Yevrokuboklardan chetlatgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi