
Bugun Qarshi shahrida joylashgan Yoshlar markazidagi faollar zalida “Nasaf” jamoasiga yangi kelib qo‘shilgan Sharof Muhitdinov, Ivan Solovev va Semir Smaylagichlarning tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bugungi tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi, Qashqadaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Azimov hamda viloyat rahbarlari, jamoa muxlislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab so‘z olgan viloyat hokimi Murotjon Azimov “Nasaf” jamoasining viloyatda tutgan o‘rni va bu jamoani yanada kuchaytirish uchun o‘z yordamini ayamasligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Sharof Muhitdinov, Ivan Solovev va Semir Smaylagichlar muxlislarga tanishtirildi.
NasafQarshiYoshlar MarkaziFutbolchilar TanishtirildiQashqadaryo ViloyatiMurotjon Azimov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar