20:20 / 11.03.2022
1 661

"Chelsi"ning faoliyati so‘roq ostida! Yoxud Britaniya hukumati Abramovichga ultimatum qo‘ydi

"Chelsi"ning faoliyati so‘roq ostida! Yoxud Britaniya hukumati Abramovichga ultimatum qo‘ydi
"Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovich 31 maygacha London klubini sotishi kerak. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, aks holda "aristokratlar"ning litsenziyasi uzaytirilmaydi va jamoaning faoliyati so‘roq ostida qoladi.

Shu bilan birga, rossiyalik tadbirkor “Chelsi”ni sotishdan foyda ko‘ra olmaydi. Bu joriy qilingan sanksiyalarning shartlaridan biridir.

Ma’lumot uchun, 55 yoshli Abramovich 2003 yildan beri «Chelsi»ga egalik qiladi. U klubni sotishdan taxminan 3 milliard funt ishlab olmoqchi edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Chelsi"ning faoliyati so‘roq ostida! Yoxud Britaniya hukumati Abramovichga ultimatum qo‘ydi