Hozirgi tarkib bilan yuqori marralarni zabt etishga qiynalayotgan Joze Mourino “Roma”ga katta klublar nonini yegan mashhur o‘yinchilarni taklif qilishni davom ettirmoqda. Rimliklar yozgi transferlar vaqtida “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazettga qiziqayotgani haqida xabar bergan edik. Joze Mourino jamoasi hujumida Temmi Abraxam bilan birga tajribali forvard o‘ynashini istayapti.
Todofichajes.com saytining xabar berishicha, Joze Mourino “Arsenal”dan ketish istagida yurgan fransiyalik hujumchi bilan bog‘langan. Norasmiy suhbatda Mourino Aleksandr Lyakazettga uni “Roma”da bajaradigan vazifasi, unga yaratiladigan sharoitlar haqida ma’lumot bergani aytilmoqda.
Aleksandr Lyakazett 2017 yili “Lion”dan “kanonirlar” safiga 53 million yevro evaziga transfer qilingan. Uning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Lonlonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta 30 yoshli hujumchi bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas. Futbolchining o‘zi ham muhitni o‘zgartirish uchun Londondan ketmoqchi bo‘lyapti.
Fransiyalik forvard joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga oltita gol va sakkizta assist rasmiylashtirdi.
Lyakazett “Roma”ga keladigan bo‘lsa, Eldor Shomurodovning asosiy tarkibga kirishi yanada qiyinlashadi. O‘tgan yili yozda “Roma”ga o‘tganida asosiy hujumchi hisoblangan hamyurtimiz keyinchalik o‘z joyini Temmi Abraxamga bo‘shatib berdi.
Hozir Joze Mourinoning Eldorga nisbatan munosabati avvalgidek emasdek ko‘rinmoqda. Portugaliyalik mutaxassis legionerimizdan ko‘ra 18 yoshli Feliks Afena-Gyanga ko‘proq ishonch bildirmoqda. Ayrim muxlisu mutaxassislar orasida Shomurodov muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tgani ma’qul, degan qarashlar ham paydo bo‘la boshladi.
Mxitaryan “Roma” bilan kelisha olmayapti
“Roma”da yuqori saviyada o‘ynayotgan Genrix Mxitaryanning shartnomasi yakunlanish arafasida. Poytaxt klubi mutasaddilari dastlabki fikrini o‘zgartirib, armaniyatonlik pleymeykerga yangi bitim berishga qaror qilgan.
Avvalroq, “Roma” yarim himoyachi bilan ikki yillik shartnoma tuzishni hozirgi maoshidan ikki baravar kamroq pul to‘lashini bildirgan edi. Mxitaryan ayni paytda bir mavsum uchun 4 million yevro maosh olmoqda. Klub bundan buyog‘iga 2 million yevro to‘lamoqchi. Biroq, bu taklif futbolchini qoniqtirmadi.
Calciomercato saytining xabar berishicha, 33 yoshli Genrix klubida yana ikki yil qolishga rozi. Biroq, maosh masalasida ko‘proq hay to‘lanishini talab qilmoqda.
Armanistonlik futbolchi 2019 yildan beri Rimda to‘p tepmoqda. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 marotaba maydonga tushib, uchta gol va yettita assist muallifi bo‘ldi.
Hammasi yozda hal bo‘ladi
“Milan”da ijara asosida o‘ynayotgan 31 yoshli yarim himoyachi Allesandro Florensi yozda hozirgi jamoasi safiga to‘liq ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirdi.
Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha, tajribali futbolchining agenti Alessandro Luchchi “Roma” va “Milan” vakillari bilan faol tarzda muzokara olib bormoqda va imkon qadar tezroq mijozining Milanga to‘liq ko‘chib o‘tishini ta’minlamoqchi.
- Hozir kelajagim haqida o‘ylayotganim yo‘q. O‘z imkoniyatlarimdan maksimal darajada foydalanib, maydonda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilyapman. Hammasi iyunda hal bo‘ladigan ko‘rinadi, - deydi Alessandro Florensining o‘zi.
“Roma” va “Milan” o‘rtasida imzolangan ijara shartnomasiga ko‘ra, milanliklarda futbolchini yozda transfer qilish huquqi bor. Buning uchun ular poytaxtliklarga 4,5 million yevro badal to‘lashi kerak. Biroq, “Milan” bu summani pasaytirishga harakat qilyapti.
“Roma” tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda “Milan” uchun 26 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi