Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Dinamo" – "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Predrag Rogan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Qizilqum" va "Dinamo" futbolchilarini yaxshi o‘yin bilan tabriklayman. Doimgidek birinchi bo‘limda juda yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik. Avvalgi turlarga qaraganda shogirdlarimning o‘yini kuchaydi. G‘alaba qozonishni istagandik. Ammo bu – futbol. Raqib safida sifatli o‘yinchilar borligini bilardik. Tajribali ijrochilarga qarshi o‘ynash oson bo‘lmadi. Natijadan qoniqish hosil qildim", – deydi Rogan.
- Superligada gol urmagan faqat "Dinamo" qoldi. To‘pning darvozaga kirishida omad yetishmayaptimi yoki yana boshqa omillar ham bormi?
- Omaddan tashqari sifat ham muhim. Masalan, "Paxtakor", "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinlarda yoki mana bugun qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Shunga qaramay, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Men bunday ishqibozlarni ko‘rmaganman. Hattoki mashg‘ulotlarimizni e’tiborsiz qoldirishmadi. Ishlashda davom etishimiz kerak.
- Shohmalik Komilovning holati haqida nima deya olasiz?
- Unda jarohat bor. O‘ylaymanki, oraliqdagi tanaffusda u tiklanishga ulguradi. "Bunyodkor"ga qarshi bahsgacha maydonga tushishga tayyor bo‘lsa kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi