1 381
Srechko Katanes Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Srechko Katanes matbuot anjumanida qatnashdi.
"Qisqa gapiraman. Taassurotlarim yaxshi. Futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklayman. Juda shiddatli o‘yin namoyish etdik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Hisobda ortda qolayotganimizda ham yaxshi o‘ynadik. Afsuski, birinchi bo‘limda imkoniyatlardan foydalana olmadik. Asosiysi - g‘alaba", - deydi Katanes.
- Tezkor gol rejalarga ta’sir qildimi?
- Albatta, o‘yin boshida gol o‘tkazilganida barchaga shok bo‘ladi. Bo‘lib turadigan holat. Agar ko‘p narsa kutishgan bo‘lsa, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Terma jamoadan o‘yindan oldin ko‘p narsa kutmaslik kerak, Italiya kecha kimga yutqazdi? Futbolda bunday narsalar bo‘lib turadi. Kichik jamoalarga qarshi 8:0, 7:0 hisoblari qayd etilmaydi. Agar FIFA reytingida 200-o‘rindagi jamoaga qarshi o‘ynasak ham jiddiy yondoshib yutishimiz kerak.
- "Markaziy" stadion maydoni xalqaro talablarga javob berar ekanmi?
- Maydon yashil ko‘rinmoqda, ammo ikkinchi o‘yinda qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, undan yomonroq holatda. Maydonni bahona qila olmaymiz. Doim to‘pni tez harakatlantirdik, albatta, ba’zi xatolar bo‘ldi.
- Bugun jamoa turlicha o‘ynadi. Bundan tashqari markaziy yarim himoyachilar yaxshi o‘ynay olishmadi, Shomurodov almashtirilganidan keyin Sergeyev ham yaxshi o‘ynaganini ko‘rdik.
- Shukurov va Hamrobekov o‘rtasida balans topish kerak. Agar o‘zimizni "xarakiri" (yaponcha so‘z - "fido qilish") qilmoqchi bo‘lsak, to‘rt himoyachi oldidagi ikki tayanch yarim himoyachini oldinda o‘ynatsak o‘zimizni "o‘ldirib" qo‘yamiz. Bizda barcha statistik ma’lumotlar bor. Gol tayanch yarim himoyachilarning xatosi tufayli bo‘lmadi. Xatolarimizni bilaman, ularni shu pozitsiyadagi eng yaxshi o‘yinchilarimiz deb hisoblayman.
- Kechagi matbuot anjumanida "o‘rtoqlik o‘yinlarida men uchun natija muhim emas" degandingiz. Bugun uchinchi goldan keyin beshinchi himoyachini tushirdingiz, demak bugun aynan natija uchun o‘ynadingiz deyish mumkinmi?
- Birinchi navbatda kecha doim natija uchun o‘ynaymiz deb aytdim. Nima uchun bunchalik katta bosim bo‘lishi kerak, chunki o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘yinchilarni sinab ko‘rishimiz kerak. Terma jamoa doim qo‘llab-quvvatlanishi kerak, barcha muxlislar tomonidan, chunki futbolchilar muxlislardan qo‘llab-quvvatlashni his qilishi kerak. Bugun maydonda "Navbahor" o‘ynadimi yoki terma jamoami, tushunmay qoldim. Iltimos, kim terma jamoa o‘yinlariga kelsa terma jamoani oxirigacha qo‘llab-quvvatlasin! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi