
Angliya terma jamoasi kecha Shveysariya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Unda inglizlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "uch sherlar" mag‘lubiyatsiz seriyasini yana bittaga ko‘paytirdi. Hozirda futbol yurti vakillari 21 o‘yindan beri yutqazmay kelmoqda (penaltilar seriyasi va ekstra-taymlar hisobga olinmagan).
Oxirgi marta Garet Sautgeyt shogirdlari Belgiya terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bu uchrashuv 2020 yil noyabr oyida Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan.
Shundan so‘ng Angliya 21 uchrashuvda maydonga tushdi va 17 g‘alaba, 4 durang qayd etdi. Ma’lumot o‘rnida, bu natija Angliya tarixidagi eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriya hisoblanadi.
Angliya Terma JamoasiShveysariya Terma JamoasiO‘rtoqlik O‘yiniG‘alaba QozonishMag‘lubiyatsiz SeriyaFutbol Yurtlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar