22:03 / 29.03.2022
1 263

Srechko Katanes Uganda ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

Srechko Katanes Uganda ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
"Navruz Cup" xalqaro turnirining final bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Uganda terma jamoasi ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirok etdi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Meni fikrimcha bugun judayam yaxshi o‘yin o‘tkazdik, 4 ta gol urdik. Uchrashuv muxlislarga ham juda yoqdi deb o‘ylayman, chunki ular 6 ta gol ko‘rishdi. Futbolchilarni va barchani ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Ayniqsa birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik. Bugun biz g‘alabaga munosib edik. Ammo raqib Uganda terma jamoasi ham oddiy terma jamoa emas edi, buni ko‘rdingiz.

Tanaffus paytida men futbolchilardan ikkinchi bo‘limda ham faollikni pasaytirmaslikni va yuqori tempda davom etish kerakligini aytdim. Biroq jismoniy tarafdan bizda biroz pasayish yuzaga keldi va raqib ba’zi vaziyatlarda buning uchun bizni jazoladi.

Bugun ajoyib o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. Bu o‘yinda men juda ko‘p o‘yinchilarni sinab ko‘rdim. Bu juda muhim edi.

- Terma jamoamizning eng zaif chizig‘i bu himoya chizig‘iga o‘xshayapti. Bu borada qanday fikrdasiz?
- Fikringizga 100% qo‘shilmayman. Himoya chizig‘imiz joyida. To‘g‘ri, gollar o‘tkazib yubordik, lekin bu gollar boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘ldi,
himoyadagi xatolar tufayli emas.

- Bugun terma jamoa Qirg‘iz Respublikasi bilan o‘yinga qaraganda Uganda bilan yaxshiroq o‘ynadi, bu nima bilan bog‘liq?
- Bu yerda aniq bir fikr bildira olmayman. Chunki Qirg‘iz Respublikasiga qarshi ham yaxshi o‘ynadik. To‘g‘ri, birinchi bo‘limda gol ura olmadik va gol o‘tkazib yubordik. Lekin bu futbolda normal holat. Bunday vaziyatlar uchrab turadi. Bugun birinchi bo‘lim ancha shiddatli kechdi, ko‘proq pas o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda esa juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Birinchi bo‘limda muammolar bo‘lgani sababi, raqib himoyaga yotib oldi. Avvallari futbol bunday o‘ynalmasdi, kuchsiz jamoalar ham hujumga o‘tardi. Himoyaga yotib olish uyat hisoblanardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes Uganda ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?