"Navruz Cup" xalqaro turnirining final bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Uganda terma jamoasi ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Uganda MTJ bosh murabbiyi Milutin Sredoyevich ishtirok etdi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Dastlab 46 millionlik Ugandaga yuqori darajadagi sharoitlar va mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Albatta musobaqa juda ham yuqori darajada tashkil etildi va bu yosh tarkibga ega terma jamoamizni har tomonlama sinovdan o‘tkazib olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Avval aytganimdek, tarkibdagi ayrim futbolchilar 20 yoshgacha bo‘lgan Afrika Millatlar kubogida ishtirok etgan va Namangandagi ushbu musobaqa ularning tajribasini yanada oshishiga xizmat qildi. Bundan tashqari, ushbu turnir orqali milliy chempionatda to‘p suradigan futbolchilarda ham terma jamoada o‘ynashga imkoniyat paydo bo‘ldi.
O‘zimizni sinab olish uchun kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yinlar o‘tkazishimiz lozim edi va bu borada O‘zbekiston biz xohlagan, biz kutgan tanlov bo‘ldi. Bu o‘yinlarda juda ham ko‘p tajriba orttirdik. Futbolda shunday gap bor: Yo g‘alaba qozonasan, yo tajriba orttirasan. Biz g‘alaba ham qozondik, tajriba ham to‘pladik.
Ushbu o‘yinlar biz uchun juda ham muhim bo‘ldi, chunki iyunda bo‘ladigan Afrika Millatlar kubogiga saralash bahslarida qaysi futbolchilar asosiy tarkibdan o‘rin olishi bo‘yicha ham fikrlarga ega bo‘lib oldim.
Masharipovga keladigan bo‘lsam, futbolchilarimiz xato qildi va u shunchaki bundan unumli foydalandi. Shomurodov ham himoyachilarimizga ancha bosh og‘rig‘i bo‘ldi.
- Jamoaning kelajakdagi rejalari haqida gapirib bersangiz.
- Markaziy Osiyoda hujumkor, yaxshi jamoalar bor. Agar ularning o‘yin uslubini Afrika qit’asi jamoalariga taqqoslash kerak bo‘lsa, ularni ko‘proq Shimoliy Afrika, ya’ni Tunis, Marokash va Misr kabi terma jamoalarga o‘xshatish mumkin. Ushbu musobaqa orqali terma jamoa tarkibini o‘zim uchun tanlab oldim va qaysi futbolchilar munosib, qaysilari terma jamoa darajasida emasligi bo‘yicha fikrga ega bo‘ldim. Lekin bu bilan tarkib masalasiga so‘nggi nuqta qo‘yildi degani emas. Biz bu musobaqa orqali qaysi jihatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik va qaysi jihatlarda ishlashimiz lozimligi bo‘yicha ham tushunchaga ega bo‘ldik. Asosiy maqsadimiz – 1-14 iyun kunlari bo‘ladigan Afrika Millatlar kubogi saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etish. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi