1 169
Srechko Katanes qurayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi. Kartalarni ochayotgan murabbiy
Namangandagi “Navruz Cup” turniri yakunlandi. Finalda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Uganda bilan kuch sinashdi. Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida Srechko Katanes oshkor qilishni istamagan uslubni qo‘lladi. Unda boshqa variant qolmagandi. Hamma natija so‘rayotgandi. Murabbiy rasmiy o‘yinlarda ko‘rsatmoqchi edi, nazarimizda. U himoyachilarni oldinroqqa olib chiqib, raqibni markazda kutib oldi va qarshi hujumlarga chiqib ketishni osonlashtirdi.
Xursand qilgan jihat shundaki, terma jamoamiz mag‘lubiyatga uchrayotganda, o‘yini qovushmayotganda, kambek qilishni uddaladi. To‘g‘ri, raqib kuchli emas. Biroq biz oxirgi paytlarda oddiy jamoalar bilan uchrashuvlarda ham o‘zimizni ko‘rsata olmayotgandik. O‘z qobig‘imizda aylandik. Katanes shu kuni o‘yinni qutqarib qola olishini namoyon qildi. Balki biroz oshirib yuborgandirmiz. Lekin eslab ko‘ringchi qachon oxirgi yillarda mag‘lubiyatni g‘alabaga o‘zgartirdik? Qachon?
Uganda bilan bellashuvda tarkibda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Himoyachilar nasaflashtirildi. Bu o‘zini oqlagandek. Afrikalik futbolchilar gavdali. Shu bois ularga qarshi o‘yin o‘tkazish uchun ikki qanotdagi Farruh Sayfiyev va Hojiakbar Alijonov nisbatan gavdaliroq Sherzod Nasrullayev hamda Dilshod Saitovga almashtirildi. Nasrullayev terma jamoaga moslashib boryapti. Saitov ham yomon tasuroot qildirmadi. Uning ustunligi raqibning hujumini mohirlik bilan buzishda.
Tarkibdagi yana bir asosiy o‘zgarishlardan biri Azizbek Amonov. U erkin harakat qildi. Hujumda, hujumchi ortida, yarim himoyada birdek o‘ynashi belgilangandi. Bu qaysidir manoda amalga oshdi. Shomurodovning gollariga aynan Azizbek assistlik qildi va o‘sha vaziyatlarda hujumni boshladi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalari shiddatli kechdi. Biroq tezkor gol ura olmagach tashabbusni raqibga berdik. Ular himoyada xato qildi va Masharipov darvozani ishg‘ol qildi. Shundan hammasi boshlandi.
Vakillarimizning o‘yini qovushdi. Shomurodov xet-trikka erishdi. Biroz sergaklikni yo‘qotganda raqib ikki bor darvozamizni ishg‘ol etdi.
Srechko Katanetsning matbuot anjumanlaridagi aytgan bir-biriga zid fikrlari tarqaldi. Ammo bunga e’tibor qaratmaslik lozim. Chunki bu murabbiylarning xiylasi. Turli xil so‘z o‘yinlari uchrashi tabiiy.
Sloveniyalik mutaxassis terma jamoamizda ikkita narsani ko‘rib oldi. Biri termamizning avvalgi holida qanday bo‘lgani, ikkinchisi kurashlarga asoslangan o‘yin. Bunda unga yuqoridagidek gavdali futbolchilar as qotadi. Bu orqali murabbiy natija qilishini ko‘rsatdi. Qirg‘iz Respublikasiga qarshi uchrashuvning birinchi taymida terma jamoamizning asl holini ko‘rdik. Tanaffusdan keyin esa murabbiyi bor jamoa gavdalandi.
Shaxsan menda murabbiyga bo‘lgan ishonch biroz ortdi. Katanes biz tushib qolgan jarlikdan chiqarishi kerak. Keyin esa avvalgidek yetakchilar qatoriga kirib olishimiz darkor. Hozirgi bosh maqsadimiz shu.
P/S. Bu orqali o‘rtoqlik turniridagi g‘alabalardan keyin kimnidir maqtash emas, balki terma jamoamizdagi kichik ammo quvonarli o‘zgarishlar haqida dastlabki fikrlar bildirdik xolos. Hali maqtash va maqtanishga juda va juda erta!
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi