896
Predrag Rogan: "Qizil kartochka rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Predrag Rogan fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ilk navbatda "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinda ko‘p xato qildik. Futbolchimiz o‘sha vaziyatda nima uchun bunday qildi, bilmadim. Xotirjam bo‘lish kerak edi.
Ikkinchi taymda ham pressingda o‘ynashga harakat qildik. Qizil kartochka rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Bir kishi kam bo‘lib pressing uyushtirish qiyin edi. Biz avvalgi bvhslarda ham shu tarzda o‘yin namoyish etgandik. Jamoa biroz yosh, ularga moslashib ketish uchun biroz vaqt kerak.
O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborgach, ustunlikni raqibga berib qo‘ydik. Bu haqda shogirdlarimga ham aytib o‘tdim. Maydonda ba’zi fikrlarimni ularga yetkazishda muammoga duch kelmoqdaman. Bolalarga xotirjamlik yetishmayapti. Futbolchilar hissiyotga berilib ketishdi. Hali bu jihat ustida ham ko‘p ishlashimiz kerak. "Bunyodkor"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik, ularda kuchli futbolchilar bor. Biz ularga qarshi pressing bilan o‘ynamoqchi edik.
Hakamlar haqida hech narsa deyolmayman. VAR futbol adolatli bo‘lishi uchun yordam bermoqda. Hakamga e’tirozim yo‘q, balki o‘z futbolchilarimdan ko‘nglim to‘lmadi. Hakamlarning ishini baholash mening vazifam emas.
"Dinamo" muxlislariga ham rahmat aytmoqchiman. Ular chinakam tomoshabin ekanligiga shubham yo‘q, biz bilan Jizzaxga ham, Toshkentga ham uzoq yo‘l bosib kelib, jamoani qo‘llab-quvvatlashdi", - dedi Rogan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi