12:43 / 02.04.2022
808

Dragan Cheran: "Navbahor"ga urilgan golda 95 foiz ishni Sharkich qilib berdi"

Dragan Cheran: "Navbahor"ga urilgan golda 95 foiz ishni Sharkich qilib berdi"
Kecha 4-turning markaziy o‘yinida "Paxtakor" - "Navbahor" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi (1:0). Murosasiz kechgan o‘yinda Dragan Cheranning yagona goli maydon egalariga navbatdagi uch ochkoni keltirdi. Mehmonlar esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uchrashuvdan so‘ng g‘alaba to‘pi muallifi Cheranga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Dragan dastlab bellashuv haqidagi ilk qaynoq fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz. Yurtimizdagi faoliyatingiz davomida bunday o‘yinlarni ko‘p guvohiga aylangansiz. Ularning har biri o‘zgacha taassurotlarni bergan bo‘lsa kerak...
- Albatta. Prinsipial raqiblar ustidan g‘alaba qozonish doim yoqimli hislarni taqdim qiladi, deb o‘ylayman. "Navbahor" oddiy jamoa emas. Ular yetarlicha muammo tug‘dirishdi. Eng muhimi g‘alaba qozondik. O‘yin bitta golgacha edi. Birinchi bo‘lib to‘p kiritgan jamoa yutardi. Uch ochkoga ega chiqqanimizdan xursandman.

- "Paxtakor" hali o‘yin borasida maqtana olayotgani yo‘q. Shunga qaramay natijani o‘z tomoniga og‘dirishni uddasidan chiqmoqda. OCHLda bu omillar pand berib qo‘ymaydimi?
- OCHL umuman boshqa darajadagi musobaqa. Hamma o‘yinda bir xil to‘p tepish qiyin. Yuqorida aytganimdek, asosiy jihat natija bor.

- "Paxtakor" birinchi bo‘limda hujumga o‘tishga shoshilmadi. Futbolchilarda xotirjamlik ko‘rindi...
- "Navbahor" himoyani yaxshi ushladi. Istalgan jamoada baribir bo‘shliqlar bo‘ladi. Biz shundan foydalandik.

- Hozirda hujum chizig‘idagi muammolar sabab Voyneski sizni sof forvard sifatida o‘ynatmoqda. Qaysidir ma’noda bu ish beryapti, deyish mumkin. Siz uchun bu yangilik bo‘lmayaptimi?
- Vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarishlar qilinyapti. Jamoamizda shunday futbolchilar borki, ular bir nechta pozitsiyada o‘ynay olishadi. Bunda bir-birimizni o‘rnimizni to‘ldirish osonroq. Hammamiz o‘z ishimizni qilyapmiz.

- "Paxtakor" safida har safar muhim va hal qiluvchi gollarni urmoqdasiz. Pozitsiyani to‘g‘ri tanlayapsizmi yoki to‘p sizni juda yaxshi ko‘radimi?
- Bunday holat bo‘lib turadi (kuladi). Omad, o‘yindagi vaziyatni his qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Deylik bugun "Navbahor"ga urgan golimni o‘zimniki hisoblamayman. 95 foiz ishni Sharkich qilib berdi. Demak bu uning goli.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dragan Cheran: "Navbahor"ga urilgan golda 95 foiz ishni Sharkich qilib berdi"