"Paxtakor" Coca-Cola Superliga 4-turining markaziy uchrashuvida "Navbahor"dan kichik hisobda ustun keldi. Bellashuv nihoyasiga yetganidan keyin "sherlar" yarim himoyachisi Hojimat Erkinovning fikrlariga quloq tutdik.
- O‘yin yaxshi bo‘ldi. "Navbahor"dan har jabhada ustun edik. Shu tufayli yakunda g‘alaba qozondik.
- O‘yinning asosiy vaqti tengkurashlar ostida o‘tgandek tuyuldi. Agar gol urilmasa, durang siz uchun qoniqarsiz natija bo‘larmidi?
- Markaziy o‘yinlarda faqat safarda o‘ynayotgan tomonni 1 ochko qoniqtirishi mumkin. Biz bugun faqat 3 ochko uchun maydonga chiqqandik. Bu bevosita o‘yinda ham ko‘rindi.
- "Paxtakor" vingerlari doimiy tarzda qanotlarni almashtirib o‘ynashadi. Hojimat Erkinovga ko‘proq qaysi qanot qulayroq?
- To‘g‘risini aytsam, katta futbolga o‘tayotganimda o‘zimni chapda qulayroq his qilardim. Biroq, "Paxtakor"da o‘ng tomonga tushirish barobarida qanday harakatlansam, foydaliroq bo‘la olishimni uqtirishdi. Hozir ikkala tomonda bir xil erkinman.
- Bugun chempionlikka da’vo qilayotgan 2 klub o‘zaro to‘qnashdi. "Sherlar" oltin medallar uchun kurashda asosiy xavfni qaysi jamoadan kutyapti?
- Hozircha barcha klublar bilan to‘qnashmadik. Shunga hammaning kuchiga to‘g‘ri baho berolmaymiz. Lekin, ortda qolgan o‘yinlardan xulosa qilsak, eng kuchli raqib "Nasaf" edi.
- "Navbahor"dan ham kuchliroqmi?
- Ha, mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yinligi uchun bo‘lsa kerak, Superkubok bahsi qiyinroq o‘tgandi.
- "Paxtakor" 4 aprel kuni OCHLda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi. Guruhdagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?
- Rosti, hali raqiblarni jamoa bilan tahlil qilmadik. Bugungacha asosiy e’tiborimiz "Navbahor"ga qaratilgan edi. Mana, endi OCHL haqida o‘ylashni boshlasak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi