"Navbahor"da jiddiy ambitsiyalar paydo bo‘lganidan keyin vodiy jamoasining "Paxtakor"ga qarshi o‘yinlarini unutib bo‘lmayapti.
Haydarovning audiosi tarqashi, klub rasmiylari ishtirokidagi janjallar, muxlisning mashhur videomurojaati, Tantashev chetlatilishi, MTRK mashinasiga "fanat"larning hujumi...
Balki, kechagi uchrashuvning asosiy vaqti so‘nggi yillardagi to‘qnashuvlar orasida eng tinch o‘tgani bo‘ldi. Akobirxo‘ja Shukurullayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 90 daqiqa davomida hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmadi (ko‘z tegmasin).
Biroq, referi o‘yinga yakun yasovchi hushtagini chalganida kunning asosiy voqealari endi boshlanayotganini hech kim bilmasdi. O‘tkirbek Yusupov hamda "Paxtakor" muxlislar klubi yetakchisi o‘rtasida ro‘y bergan to‘qnashuv oxirgi 9 soat ichida ko‘p va xo‘b muhokama qilindi. Biz hech kim qilmagan ishga qo‘l urib, masalaning huquqiy tomoniga to‘xtalamiz:
Birinchi voqea uchrashuvga qo‘shib berilgan 4-daqiqada mezbonlar muxlisi tomonidan to‘pning maydon ichiga tepib yuborilishi bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, fan-klub yetakchisi turishi taqiqlangan joyda paydo bo‘ldi va qilmasligi kerak bo‘lgan ishni amalga oshirdi.
Reglamentning 16.4. bandida futbol klublari o‘z muxlislari va jamoa nomidan biror-bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgarligi belgilangan. Ta’kidlash kerakki, Javohir Shokirov ayni paytda O‘FA Intizom kodeksining 5.40. bandini buzdi: Stadion, futbol maydoni va stadionga yondosh hududda tartibsizliklarni keltirib chiqishga sabab bo‘lgan provokatsion xatti-harakat.
Shu tufayli qoidabuzar ogohlantirilib, jarimaga tortilishi yoki nomuayyan muddatga chetlatilishi, stadionga nisbatan esa uchrashuvni tomoshabinlarsiz yoki neytral maydonda o‘tkazish, diskvalifikatsiya yoki pul jarimasi tortilishi mumkin.
Provakatsiyaga uchgan Yusupov esa Intizom kodeksi 5.45. bandining P bo‘limini buzgani uchun 2 o‘yindan 10 o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi, qo‘shimcha ravishda unga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.
Bundan tashqari, o‘yindan keyin har 2 jamoaning boshqa rasmiylari o‘rtasida ham kichik nizo paydo bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi qaroridan keyin bilib olishimiz mumkin.
Muallif: Faxriddin Ro'ziyev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi