
"Energetik-BGU" klubi hujumchisi, o‘zbekistonlik Bobir Abdixoliqov Belarus futbol federatsiyasi talqiniga ko‘ra 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Abdixoliqov mazkur turda "Torpedo-BelAZ" bilan bahsda dublga erishdi va 1ta golli pas berdi.
Bobir Abdixoliqovning "Torpedo-BelAZ"ga qarshi o‘yindagi statistikasi quyidagicha bo‘ldi:
2 ta gol;
6 ta zarba;
4 ta aniq zarba;
1 ta golli uzatma;
12 ta aniq pas;
9 ta yakkakurashda g‘olib chiqdi;
6 marta raqibdan to‘pni olib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Bobir Abdixoliqov 1-turda "Vitebsk"ka qarshi bahsda ham 2ta gol urgandi. 2ta o‘yindan keyin Abdixoliqov hisobida 4ta gol va 1ta golli uzatma bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar