15:03 / 06.04.2022
907

Shahram G‘iyosov va uning raqibi katta jang oldidan fikr bildirdi

Shahram G‘iyosov va uning raqibi katta jang oldidan fikr bildirdi
Xabar berib o‘tganimizdek, Shahram G‘iyosov 7 may kuni meksikalik Kristian Gomesga qarshi yarim o‘rta vazn toifasida IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Kechaning asosiy jangida rossiyalik Dmitriy Bivol Saul Alvares bilan jang o‘tkazadi.

G‘iyosov va uning raqibi Gomes ushbu to‘qnashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Ushbu oqshomning bir qismi sifatida jang qilishdan faxrlanaman. Men uchun Kanelo ham, Bivol ham afsonaviy chempionlar, lekin Bivolning g‘alabasiga ishonaman. Biz bir jamoadamiz va u bilan birga mashg‘ulotlar olib boraman.

Yarim o‘rta vaznda ilk jangimni o‘tkazishim hayotimdagi yangi sahifa bo‘ladi va umid qilamanki, barcha muxlislar uchun o‘zimni eng yaxshi darajamni ko‘rsataman
," - dedi G‘iyosov.

"7 may kuni bo‘lib o‘tadigan jangimda bizni qiyin raqib kutib turibdi, lekin biz juda qattiq tayyorgarlik va mashg‘ulot olib bormoqdamiz. O‘zim uchun barchasini olib chiqaman. Meni qo‘llab quvvatlaganlarga rahmat aytmoqchiman. Xudo xohlasa biz g‘alaba uchun kelamiz,"- dedi uning raqibi Gomes.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov va uning raqibi katta jang oldidan fikr bildirdi