PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida futbol o‘yinlarining boshlanish vaqtlari haqida ma’lumot berdi.
- Ramazon oyidagi futbol uchrashuvlari vaqti yuzasidan turli xil fikrlar har yili yangrab turadi. Masalan, kimdir futbolchilar ham odam, ular og‘iz ochmaydimi, deydi. Boshqasi ro‘za haqidamas, ishidan chiqib kelib futbol ko‘rish istagini bildiradi va hokazo.
Afsuski, bizda hammaning istagini birdek amalga oshirish imkoniyati mavjud emas. O‘tgan yilgi va’damizga vafo qilib, Superliga uchrashuvlarini ish vaqtida start oldirmaydigan darajaga bir amallab olib chiqdik. Shanba-yakshanba kunlari Yevropa futboli bilan raqobatlasha olmayotganimizni tushuntirdik. Aytaylik, translyatsiya masalasi haqida o‘ylamay, o‘sha kunlarga o‘yinlar qo‘yib chiqishimiz mumkin. Bu holda futbolni uyidagi divanida yotib kuzatadigan akalar hafa bo‘ladi. Keyin yevrofutbolni xush ko‘ruvchi kimdir o‘z viloyatidagi biror jamoa o‘yiniga borgandan ko‘ra, uyida (yoki do‘stlari bilan choyxonada) MYU yoki "Liverpul" o‘yinini ko‘rishni ko‘proq istab qolishi mumkin.
Futbol avvalambor muxlislar uchun o‘ynaladi. Shuni his qilgani holda futbolchilarimiz og‘izlarini yo maydonda yoki kiyim almashtirish xonasida ochishga harakat qilishyapti. Men esimni tanigan vaqtlarimdan buyon Toshkentga keladigan arab jamoalari ham shunday qilishardi. Ramazon sabrimizni yanada tarbiyalaydigan va yilda bir keladigan bayram.
O‘zbekiston kubogi uchrashuvlariga vaqt belgilayotganda asosan ikki jihatga qarayapmiz. O‘z muxlislari va futbolchilari hurmati projektorlarini sozlab qo‘ygan klublarning uy uchrashuvlari tanaffus vaqti og‘iz ochish fursatiga to‘g‘ri kelishi uchun harakat qilinyapti. Shuningdek, ko‘p millat va elat yashaydigan O‘zbekistonning futbolga qiziquvchi boshqa qatlami ishidan biroz ertaroq chiqib, futbolga yetib kelishini ham o‘ylashimiz kerak. Albatta, o‘yinlarni umuman iftorlikdan keyin qilish imkoniyati ham bor (shuni so‘rayotganlar ham bor). Biz bunda taroveh namozini ham yoddam chiqara olmaymiz.
Ya’ni, soddaroq tushuntirganda, Ramazon oyining farzlarini to‘liq ado etadigan ishli odam stadiondan turib (balki uyidan) futbol tomosha qilishi uchun harakatdamiz. Shu bilan birga, boshqalarni ham yoddan chiqara olmaymiz. Futbol aynan muxlislar uchun o‘ynalishidan kelib chiqib, futbolchilarning, futbol atrofidagilarning, OAV yoki TV hodimlarining ayni iftorlik vaqtida ish bilan band bo‘lishlariga ko‘z yumamiz. Ramazon bayram — bunda o‘z ishidan rohat olib ishlash ikki hissa bayram.
Projektori yo‘q klublar uy uchrashuvlarini iftorlikka qadar yakunlab olishyapti. Boshqa choramiz yo‘q. Chunki svet bo‘lmasa, oy yorug‘ida futbol o‘ynata olmaymiz. Va, albatta, talablarimiz bilan vaqti kelib ularga ham projektor qildiramiz, boshqa yo‘li yo‘q. Futbolchi ham, muxlis ham odam, yozga borib quyosh nurida futbol o‘ynash yoki ko‘rish oson ish emas.
Xullas, talab va takliflarni eshityapmiz, o‘rganyapmiz, harakat qilyapmiz. Menimcha, bu hech narsaga qaramay, hech qanday prinsipsiz futbol o‘tkazaverishdan yaxshiroq. Ishonamizki, siz ham bizni tushunasiz, - dedi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi