Oʻzbekiston Braziliya, Kolumbiya, Argentina uddalay olmagan ishni qildi

Oʻzbekiston Braziliya, Kolumbiya, Argentina uddalay olmagan ishni qildi
Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi AQSh termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik 1:9 hisobida magʻlub boʻldi.

Vakillarimizdan yagona golni Aziza Norboeva oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.

"Opta" nashrining yozishicha, AQSh ayollar termasi oʻz maydonida 2 yildan buyon gol oʻtkazmay kelayotgandi. Aniqrogʻi, 27 soatlik oʻyin vaqtidan buyon okean ortida amerikaliklar darvozasini hech kim ishgʻol qila olmagan. Norboeva esa ushbu an'anani buzishga erishdi.

Ma'lumot uchun, AQSh ikki yil ichida Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Kanada, Meksika va Janubiy Koreya singari kuchli termalarga qarshi oʻynagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar