O‘zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi "Bunyodkor" – "Surxon" (0:0) o‘yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yin haqida
- Yigitlarimiz bilan faxrlanaman. Biz chiroyli va sifatli o‘yin namoyish qildik. Biz maydonda ustunlik qilgan paytlar ham bo‘ldi. Maydonda borimizni berdik. "Bunyodkor" Superligada kam ochko to‘plamagan, munosib raqib.
- Jamoa bugun himoyada yaxshi o‘ynadi, biroq hujumda oqsash kuzatilmoqda...
- Hujumchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Bizda yaxshi saviyadagi hujumchilar mavjud. To‘g‘ri, ularda hammasi ham o‘xshamadi, biroq faol harakatlanishdi. Biz "Bunyodkor"ni o‘rganib chiqqandik, ular "Metallurg"ga 4 ta gol urishdi, bu bejiz emas. Biz jamoaviy o‘yin ko‘rsatamiz.
- "Surxon" bosh murabbiyi sifatida 6 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdingiz. Mana shu muddat ichida o‘zbek futboli haqidagi tasavvurlaringiz qanchalik o‘zgardi?
- To‘g‘risi, ijobiy ma’noda hayratdaman. Chunki bu yerda futbol yuqori saviyada – tashkilotchilik, jamoalar va hokazo. Biz ko‘p mehnat qilayotganimizga qaramay, hamma o‘yinda ham gol ura olmadik. "Navbahor", "Bunyodkor" klublari o‘yinlarini ko‘rishga ulgurdim. Aytishim mumkinki, Superliga Osiyoning yetakchi chempionatlaridan biri ekan. Bu yerda ko‘p vaqt ishlashni va "Surxon"ga foyda keltirishni xohlagan bo‘lardim.
- Raqib jamoa safida eng faol o‘ynagan futbolchi sifatida Sarvar Karimovni ko‘rsata olasizmi?
- "Bunyodkor" o‘z uslubiga ega kuchli jamoa. Men Davronjon Ergashev va Dilshod Jo‘rayevni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. Ular tajovuzkor harakat qilishadi hamda maydonda ko‘p mehnat qilishadi. O‘yindan oldin yigitlarga ularni e’tirof etgandim va jiddiy hozirlik ko‘rgandik. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"